O‘qituvchi uchta hujjat to‘ldiradi

O‘qituvchi uchta hujjat to‘ldiradi
Gazetamizning 2019-yil 9-fevral sonida Zulayho Qurbonovaning “Yana konspekt yozyapmiz!” sarlavhali maqolasi chop etilgandi. Unda o‘qituvchilardan turli qo‘shimcha hujjatlar talab etilayotgani, haftada ikki soatlik to‘garak mashg‘ulotlari uchun ham konspekt yozish so‘ralayotgani ta’kidlangan. Maqolada to‘garaklar ko‘proq amaliy tarzda o‘tilishi va ma’lum reja yoki konspektga asoslanmagani bayon qilingan. Mazkur maqola yuzasidan tahririyatimizga Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Umarov imzosi bilan quyidagi javob xati keldi: “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2018-yil 27-iyulda tasdiqlangan “Umu­miy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik muta­xassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qaror (Adliya vazirligida 2018-yil 20-avgustda 3058-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan)ning qabul qilinishi munosabati bilan o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga kamaytirilib, bugungi kunda sinf jurnali, yillik taqvim-mavzuviy reja va kundalik dars ishlanmalari yuritib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezi­dentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tar-biyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari tomonidan dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishdan boshqa hisobot hamda ma’lumotlar talab qilish taqiqlangan”.
13:34